Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqadi
O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahadov Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi parlament davlat kotibi Yoxan Zaatxoff bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasida Germaniya moliyaviy va texnik (grant) ko‘magi orqali amalga oshirilayotgan hamkorlik ijobiy baholandi. O‘zbekiston GFR Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi tomonidan Osiyoda rasmiy hamkor sifatida tasnif etilgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona davlatligi e’tirof etildi.
O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish, iqtisodiyotning izchil va uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlaydigan sohalarni yo‘lga qo‘yish, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligi va boshqa muhim yo‘nalishlarda yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga qiziqish bildirildi.
Germaniya bilan izchil rivojlanib borayotgan savdo, investitsiya, texnologiyalar sohalarida sheriklikni yanada faollashtirish borasida aloqalarni davom ettirishga kelishildi.
Mavzuga oid
10:12
O‘simliklar karantini agentligida milliardlab so‘mlik korrupsion sxema fosh etildi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
20:43 / 08.06.2026