Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Asadov BMT matbuot kotibi bilan jurnalistlar o‘rtasida tajriba almashish masalasini muhokama qildi
Asadov O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari BMT tashabbuslarini keng yoritishda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibining yordamchisi – BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Xususan, qo‘shma tadbirlar va oliy darajadagi tashriflarni yoritish jarayonida O‘zbekiston va BMT axborot xizmatlari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylangani ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda jurnalistlar o‘rtasida tajriba almashish, ularning malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalar istiqbollari muhokama qilindi. Bu borada BMTning turli tuzilma va institutlari imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi qayd etildi.
Sherzod Asadov O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari BMT tashabbuslarini keng yoritishda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
16:52 / 10.06.2026
Sherzod Asadov Moskvada Sergey Kiriyenko va Dmitriy Peskov bilan uchrashdi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026