Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo sektoridagi urush mamlakatni tan olish jarayonini tezlashtirdi – Falastin TIV
Falastin tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Umar Avadalla G‘azo sektoridagi urush tufayli xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakat davlatchiligini tan olish jarayoni tezlashganini aytdi.
Foto: AP
«Falastin davlatining tan olinishi ko‘p yillik diplomatik faoliyat davomida to‘plangan va rivojlangan jarayon natijasidir. Bundan tashqari, bu e’tiroflar Falastin xalqiga qarshi genotsid va Isroilning G‘arbiy qirg‘oqdagi, jumladan, Quddusdagi Falastin xalqi huquqlariga tajovuzlari fonida sodir bo‘lmoqda», dedi Umar Avadalla.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Falastinning yana bir qancha davlatlar tomonidan tan olinishi «ikki davlat to‘g‘risidagi qarorni amalga oshirish yo‘lidagi eng jiddiy amaliy qadam» bo‘ldi. Shuningdek, u «Falastin davlati bo‘lmagan yangi Yaqin Sharqning yaratilishi sarobga aylanganini» aytdi.
Avvalroq Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya rasmiylari Falastin davlatini tan olganini ma’lum qilgandi. Shunga o‘xshash qaror yaqin orada Fransiya hukumati tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda. Sanab o‘tilgan davlatlardan tashqari, Falastinni BMTga a’zo 193 davlatdan yana 147 tasi tan olgan.
Mavzuga oid
15:42 / 13.02.2026
Isroilga qurol: Germaniya konstitutsiyaviy sudi shikoyatni qabul qilmadi
15:58 / 11.02.2026
BMT Bosh assambleyasi rahbari Berbok BMT nizomiga amal qilishga chaqirdi
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
22:43 / 30.01.2026