Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Bagrom aviabazasini qaytarishdan bosh tortgani uchun Afg‘onistonga tahdid qildi
AQSh harbiylari 2021 yil avgustida Bagrom aviabazasini tark etgan. Shundan beri u «Tolibon» nazorati ostida. Tramp avvalroq uni qaytarmoqchi ekanini aytgan edi. Biroq, Afg‘oniston bunga rozi bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp keskin bayonot bilan chiqib, Afg‘onistondan amerikaliklar tomonidan qurilgan Bagrom aviabazasini Qo‘shma Shtatlarga qaytarishni talab qildi.
«Agar Afg‘oniston AQSh tomonidan qurilgan Bagrom aviabazasini qaytarib bermasa, yomon narsalar sodir bo‘ladi», deb yozdi Oq uy rahbari o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Tramp Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifining so‘nggi kunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aviabazaning strategik ahamiyatini ta’kidlab o‘tgan edi.
«Biz Bagromni qaytarish uchun harakat qilmoqdamiz. Bu baza bizga kerak. Buning asosiy sabablaridan biri uning Xitoy yadro quroli ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan joydan bir soatlik masofada joylashganidir», dedi prezident.
Bunga javoban «Tolibon» vakili Zabihullo Mujohid Bagrom qaytarilmasligini aytdi.
«Biz amerikaliklarni Afg‘onistondan quvib chiqardik va ularning mamlakatimizda bo‘lishiga rozi emasmiz», dedi u va aviabaza Afg‘onistonga tegishli ekanini, Qo‘shma Shtatlarning bu obekt bo‘yicha har qanday rejalarini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
2021 yil 1 iyulda (Jo Bayden prezidentligi davrida) AQSh harbiylari aviabazani tark etdi va 2021 yil 15 avgustda boshlangan hujum paytida u «Tolibon» harakati tomonidan nazoratga olindi.
Amerika yetakchisi prezident Jo Bayden ma’muriyatini Bagrom aviabazasini toliblarga «topshirib», Xitoyga nazorat o‘rnatish imkonini berganlikda bir necha bor ayblagan.
Mavzuga oid
15:30
Mers: Amerikaliklar Yevropa demokratiyasini qutqarishi shart emas
15:25
Tramp Kiyevni prezidentlik saylovlarini qayta o‘tkazishga chaqirdi
13:05
Zelenskiy: urushni to‘xtatish uchun bandlarni AQShga topshirishga tayyormiz
21:24 / 09.12.2025