Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha o‘z havo hududini buzgan har qanday obektni urib tushiradi – Tusk
Mamlakat bosh vaziri Donald Tusk agar shunday holat yuz bersa, obektlar hech qanday muhokamalarsiz urib tushirilishini ma’lum qildi.
Polsha o‘z havo hududini buzadigan har qanday obektni urib tushirishga tayyor, dedi 22 sentabr kuni mamlakat bosh vaziri Donald Tusk. Uning so‘zlarini Polskie Radio keltirdi.
«Men mutlaqo aniq aytmoqchiman. Agar obektlar bizning hududimizni buzib, Polsha ustidan uchib o‘tsa, biz hech qanday muhokamalarsiz urib tushirishga qaror qilamiz. Bu yerda muhokama qiladigan hech narsa yo‘q», dedi bosh vazir.
Shu bilan birga, Tuskning qo‘shimcha qilishicha, Polsha havo hududida aniq buzilish bo‘lmagan taqdirda, Varshava «mojarolarning juda keskin bosqichini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilishdan oldin ikki marta o‘ylab ko‘radi».
Misol tariqasida u o‘tgan hafta Boltiq dengizidagi Polshaning Petrobaltic platformasi ustidan ikkita rus qiruvchisi past balandlikda uchib o‘tgan voqeani keltirdi.
«Ittifoqchilar bunga biz kabi munosabatda bo‘lishiga 100 foiz amin bo‘lishimiz kerak. Va agar mojaro keskin bosqichga o‘tsa, biz yolg‘iz qolmaymiz», dedi u.
Platforma hududidagi hodisa 19 sentabr kuni sodir bo‘lgan. Ertasi kuni Polsha Qurolli kuchlari Rossiyaning Ukrainaga ommaviy hujumi paytida o‘z va ittifoqchi aviatsiyasining havoga ko‘tarilganini e’lon qildi.
Ukraina g‘arbida Rossiya dronlarining hujumlari tahdidi tufayli Polsha avval ham, masalan 13 sentabr kuni qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘targan. Shunda alyansning sharqiy qanoti mudofaasini kuchaytirish uchun «Sharqiy qo‘riqchi» (Eastern Sentry) operatsiyasi boshlangani ma’lum bo‘ldi, unga Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Daniya kuchlari jalb qilindi.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
16:47
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026