Jahon | 07:30 / 24.09.2025
9990
2 daqiqa o‘qiladi

Aeroportlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar ma’lum qilindi

Havo sayohati qit’alar o‘rtasida savdo, turizm va madaniy almashinuvni ta’minlab, global aloqada muhim rol o‘ynaydi.

Foto: Lucy Nicholson / Reuters

Markaziy razvedka boshqarmasining Butunjahon ma’lumotnomasi (The World Factbook)ga asoslangan axborotda 2025 yilda aeroportlar va aerodromlar soni bo‘yicha mamlakatlar ko‘rsatilgan.

AQSh katta farq bilan yetakchilik qilmoqda. Mamlakatning ulkan hududi, xilma-xil landshafti va mintaqaviy aviatashuvlari tarixi uning juda ko‘p aeroportlari (16 116) sonini aks ettiradi. Kichik mahalliy uchish-qo‘nish yo‘laklaridan tortib yirik xalqaro markazlargacha - bu ikkinchi o‘rinda turadigan Braziliyaga (5297) qaraganda uch baravar ko‘p.

Xitoyda qiziqarli vaziyat aks etdi. Mamlakatning katta aholisi va yer maydoni hisobga olinsa, aeroportlar soni (552) juda kam. Bu, ehtimol, Xitoyning tezyurar temiryo‘lga e’tibor qaratgani bilan bog‘liq. 2024 yilga kelib, Xitoy temiryo‘l tarmog‘i 45 ming kilometrga yetdi. Ushbu liniyalar ko‘plab mintaqaviy va shaharlararo yo‘nalishlarga xizmat qiladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, Xitoy aholisi sharqiy viloyatlarda to‘plangan, AQSh va Braziliyada esa u tengroq taqsimlangan.

Rossiya 905 ta aeroport va aerodrom bilan reytingda sakkizinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi yillarda Rossiya Tobolsk, Noviy Urengoy, Saratov, Ulan-Ude, Novosibirsk va boshqa bir qancha shaharlarda yangi aeroportlar va terminallarni qurdi.

Mavzuga oid