Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oltin narxi oshishi bilan dollar kursi pasayishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q» - Markaziy bank
Markaziy bank departamenti rahbari Sanjar Valiyev oltin narxining oshishi hamda so‘mning dollarga nisbatan mustahkamlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, oltin-valuta zaxiralari xorijiy valutada shakllantiriladi va statistikada AQSh dollari orqali aks ettiriladi, so‘m bu jarayonda ishtirok etmaydi.
Foto: REUTERS
Markaziy bank oltin narxining oshishi o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan mustahkamlanishi bilan bog‘liqligini rad etdi. Bu haqda 19 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan media-muloqotda regulyatorning Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti rahbari Sanjar Valiyev ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.
«Oltin-valuta zaxiralari xorijiy valutada shakllantirilgani sababli [oltin narxining oshishi va dollar kursi o‘rtasida] korrelyatsiya mavjud emas. So‘mga hech qanday aloqasi yo‘q. E’lon qilinadigan statistikada zaxiralar hajmi AQSh dollarida aks ettiriladi. Bu yerda so‘mning ishtiroki yo‘q», degan Valiyev.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 8 oyida O‘zbekiston 8,4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu qiymat jihatdan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 68,5 foizga ko‘p.
Avvalroq, AQSh dollarining so‘mga nisbatan Markaziy bank belgilagan qiymati 24 oylik minimumni qayd etgani va 12 200 so‘mdan pastga tushgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:20 / 05.12.2025
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
19:19 / 04.12.2025
O‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
07:28 / 02.12.2025
Dunyodagi butun oltin zaxirasi bitta infografikada
10:56 / 01.12.2025