Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi
BMT bosh qarorgohida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti amerikalik hamkasbini ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, xalqaro tinchlik yo‘lidagi harakatlarini e’tirof etdi. Tramp esa O‘zbekiston yetakchisining iqtisodiy islohotlarini qo‘llab-quvvatladi. Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni yana bir bor O‘zbekistonga taklif qildi.
23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv BMT bosh qarorgohida, tashkilot Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Yetakchilar O‘zbekiston–AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlarini batafsil muhokama qildi.
Mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Joriy yil 5 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot yakunida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi o‘tkir mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.
O‘z navbatida, AQSh yetakchisi Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi farovonligini oshirish va xalqaro nufuzni yuksaltirishga qaratilgan ortga qaytmas islohotlarni yana bir bor qo‘llab-quvvatladi.
Turli darajalardagi siyosiy muloqot va almashinuvlar jadal rivojlanib borayotgani, ishbilarmonlik aloqalari faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.


AQSh prezidenti kuni kecha O‘zbekiston yetakchisining AQShning 50 dan ortiq yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuv va muzokaralarining samarali natijalarini yuksak baholadi.
Fuqaro aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, muhim minerallar, moliya, innovatsiyalar, kimyo, energetika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.
Ushbu loyiha va kelishuvlar ikki mamlakatda o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishi ta’kidlandi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Uchrashuv ochiq, konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.
Mavzuga oid
13:05
Zelenskiy: urushni to‘xtatish uchun bandlarni AQShga topshirishga tayyormiz
21:24 / 09.12.2025
Tramp Zelenskiy «mag‘lub bo‘layotgani» va buni «qabul qilishi» kerakligini aytdi
14:07 / 09.12.2025
Donetskda AQSh fuqarosining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
09:53 / 09.12.2025