Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Belarus bilan chegarasini qayta ochdi
25 sentabr kuni Belarus vaqti bilan soat 01:00 da Polsha va Belarus o‘rtasidagi transport qatnovi tiklandi. «Zapad-2025» harbiy mashg‘ulotlari tufayli chegara punktlari taxminan ikki hafta yopiqligicha qoldi.
25 sentabr, payshanbaga o‘tar kechasi Polsha «Zapad-2025» Rossiya-Belarus harbiy mashg‘ulotlari tufayli taxminan ikki hafta davomida yopilgan Belarus bilan chegara punktlarini qayta ochdi.
Belarus vaqti bilan soat 01:00 da harakat qayta ochildi. Terespol-Brest chegara punkti (avtomobillar uchun), Kukuriki-Kozlovichi chegara punkti (yuk avtomobillari uchun) va uchta temiryo‘l o‘tish joylari qayta ochildi. Biroq, boshqa chegara punktlari yopiqligicha qolmoqda.
Belarusning Onliner nashri Telegramʼda soat 01:20 da chegarani kesib o‘tgan birinchi transport vositasi aniqlangani haqida xabar berdi. «Mana, Polsha tomonidan kirib kelgan birinchi avtomobil. Qizig‘i shundaki, unda Polsha raqamlari bor», — deyiladi xabarda. Bu «hech bo‘lmaganda Brest-Terespol yo‘l kesishmasida» chegaraning qayta ochilishini tasdiqladi.
Polsha bir tomonlama tartibda Belarus bilan chegarasini 12 sentabrga o‘tar kechasi butunlay yopib qo‘ydi. Uch kun avval bu qarorni e’lon qilar ekan, Polsha bosh vaziri Donald Tusk buni Belarus hududida 12 sentabrdan 16 sentabrga qadar «harbiy doktrina nuqtai nazaridan juda agressiv» «Zapad-2025» manyovrlari o‘tkazilishi bilan bog‘ladi.
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
21:40 / 24.06.2026
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
22:13 / 19.06.2026