Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev vatandoshlar va "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifini yakunlar ekan, an’anaga ko‘ra, ushbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan vatandoshlar, shuningdek, AQShning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Norasmiy muhitda o‘tgan samimiy suhbat davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, xususan, ularni faol ilgari surishda vatandoshlar va ularni birlashtiruvchi tashkilotlarning ishtiroki muhokama qilindi.


Uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan vatandoshlar va yoshlar o‘rtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan "Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni"ga start berildi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va ta’lim aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga AQShning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, tibbiyot, transport va logistika sohalarida innovatsiyalarni ilgari surish, mamlakatimizda marketpleyslarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Davlat rahbari yig‘ilganlarga vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, aytilgan barcha taklif va tashabbuslar mamlakat vazirlik va idoralari tomonidan puxta o‘rganib chiqilishi, eng istiqbollilari esa amaliyotga tatbiq etilishini ta’kidladi.


O‘zbekiston prezidenti AQShda "El-yurt umidi" stipendiatlari soni 500 nafardan oshganiga alohida e’tibor qaratdi. Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini ona yurtda qo‘llash uchun imkoniyat yaratish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalarga o‘qishda va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, davlat yoshlarning tashabbuslariga doimo ochiqligi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston yetakchisiga xorijdagi vatandoshlar va yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, vatan ravnaqiga yanada ko‘proq hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.



Mavzuga oid
21:50 / 23.12.2025
To‘qayev Qozog‘istonni tinchlik muzokaralari maydoni sifatida taklif qildi
20:24 / 23.12.2025
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
18:22 / 23.12.2025
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi
17:17 / 23.12.2025