Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA lazer yordamida xabarni 350 million km masofaga uzatdi va javob oldi
Shundan kelib chiqqan holda, NASA Marsdan jonli efirlarni tashkil etishga tayyorlanmoqda.
Foto: Shutterstock
NASA birinchi marta lazer nurida kodlangan xabarni rekord darajadagi 350 million kilometrdan ortiq masofaga - Yerdan Marsgacha bo‘lgan o‘rtacha masofadan ham uzoqroqqa muvaffaqiyatli uzatdi va qabul qildi, deb yozdi IFLScience.
Jarayon 2023 yilda 16 Psixeya asteroidini o‘rganish uchun uchirilgan Psyche kosmik kemasi orqali amalga oshirildi. Qurilma lazerli qabul qilgich bilan jihozlangan bo‘lib, u signallarni qabul qilish va Yerga yuborish imkoniyatiga ega. Buning uchun Kaliforniyadagi NASA stansiyalari, xususan, kuchsiz foton signallarini qayd etgan va ularni ma’lumotlarga aylantirgan Palomar rasadxonasidan foydalanildi.
Bu an’anaviy radio to‘lqinlarining o‘rnini bosa oladigan optik aloqa texnologiyasining navbatdagi sinovi. Radiodan farqli o‘laroq, lazerlar kosmik masofalarda sezilarli darajada katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi.
2023 yil dekabr oyida NASA allaqachon texnologiyani sinovdan o‘tkazib, 31 million kilometr masofadan HD formatidagi videoni Yerga uzatgan edi.
«Ikki yil ichida ushbu texnologiya uydagi keng polosali internet tezligi bilan taqqoslanadigan tezlikni ko‘rsatib, kutganimizdan ham oshib ketdi», dedi NASA ma’muri o‘rinbosari Kleyton Tyorner.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha: agar tizim takomillashtirilsa, u Marsdan ma’lumotlarni deyarli real vaqt rejimida uzatishni ta’minlaydi. Bu shuni anglatadiki, kelajakda insoniyat astronavtlarning Qizil sayyoraga birinchi missiyasini jonli efirda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«NASA Amerika tomonidan Marsga yo‘l olmoqda, lazer aloqasining rivojlanishi esa bizni tadqiqotlarning Oltin asriga yaqinlashtirmoqda», dedi NASA ma’muri vazifasini bajaruvchi Shon Daffi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.04.2026
Noqonuniy lazerli qurilmalar uchun jarima va musodara belgilandi
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
17:28 / 08.04.2026