Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ilk bor yerosti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etildi
Samarqand shahrining Qorasuv massivi «Obod maskan» MFYda 2 ta yarim yerosti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi ishga tushirildi.
Mazkur yerosti chiqindi saqlash majmuasi 2 metr chuqurlikda joylashtirilgan bo‘lib, ularning har biriga 2 tadan jami 4 ta maxsus konteyner o‘rnatilgan. Konteynerlarning sig‘imi 3 metr kub ya’ni 550 litrni tashkil etadi. Natijada 1000-1500 nafar aholiga xizmat qiladi. Kelgusida bu kabi yerosti majmuasidan hududda yana 5 ta qurish rejalashtirilgan.

Shu tariqa, ilgari shamol yoki turli hayvonlar tufayli chiqindilarning yer ustiga sochilib ketilishi kabi holatlarning oldini olindi.
Bunday chora-tadbirlar respublika bo‘yicha davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026