Men IT sohasida işlaydigan inson sifatida aytişim mumkinki, Özbekistondagi şaxsiy ma’lumotlarni saqlaş talabi startap ekotizimida kutilmagan oqibatlarga olib kelmoqda, deya yozdi tadbirkor Akmal Payziyev.
Bugungi kundagi holat:
Dunyo startaplari – AWS, Azure, GCP (Google) kabi bulutli xizmatlardan foydalanadi, ammo ularning serverlari Özbekistonda yöq. Xalqaro kompaniyalar qimmat infratuzilma özgarişlari sabab bozorimizga kirişdan qoçmoqda. Mahalliy data-markazlar qimmat va hajman çeklangan. Uztelecom monopoliyasi yangi data-markazlarga sarmoya kiritişni deyarli imkonsiz qiladi. Elektr va suv tanqisligi katta hajmli data-markazlarni kurişni qiyinlaştiradi
Oqibatlar:
- Iste’dodli startaplar qöşni mamlakatlarga çiqib ketmoqda;
- Xalqaro texnokompaniyalar Özbekiston bozorini çetlab ötmoqda;
- Yuqori xarajatlar innovatsiyani offşorga olib ketmoqda;
- Mahalliy biznes mintaqaviy raqobatda orqada qolmoqda.
Qonun yozuvçilar uçun “kirmay qolgan investitsiya” yoki “yaratilmay qolgan startap” muammo emasdek körinadi. Lekin aynan şunday qarorlar tufayli biz katta imkoniyatlarni yöqotyapmiz. Masalan, Özbekistonda mijozlari bor Apple yoki Salesforce kompaniyalari personal ma’lumotlarni saqlaş qonunlariga katta ahamiyat bermay işlaydi, lekin şunday servis yaratmoqçi bölgan mahalliy kompaniya bu talablar sabab ön marta öylab köradi.
Bizda 2010-yillarda ham şunday vaziyat bölgan: kartografiya sohasida 1970-yillardan qolgan qonunlar tufayli litsenziya olib qonuniy işlaş juda qiyin edi. Lekin şu vaqtda millionlab odamlar qonun talablariga amal qilmagan Google Maps xizmatidan bemalol foydalanişardi.
Yaxşiroq yondaşuv qanday bölişi mumkin?
- Faqat haqiqatan himoya talab qiladigan ma’lumotlar (biometrik, moliyaviy) uçun çeklov qöyiş;
- Umumiy biznes ma’lumotlari uçun bulutli infratuzilmalardan foydalanişga ruxsat beriş;
- Xalqaro Cloud provayderlar uçun investitsiya kiritişga rağbat yaratiş;
- Uztelecom monopoliyasini yöqotib, data-markazlar rivojiga soğlom raqobat orqali şaroit yaratiş;
Estoniya, Singapur va BAA kabi mamlakatlar global infratuzilmani qabul qilib, faqat haqiqatan muhim ma’lumotlarni himoya qiliş orqali texnologik markazlarga aylandi.












