Reddit platformasida Özbekiston davlat organlarining axborot tizimlariga tegişli ma’lumotlar joylaştirilgani aytilayotgan bir neçta resurslarga, jumladan, darknetdagi saytlarga havolalar e’lon qilindi. Ular orasida mamlakatning 15 million fuqarosiga tegişli şaxsiy ma’lumotlar bölişi mumkin.

3 fevral kuni Kiberxavfsizlik markazi vaziyatga izoh berdi.

«Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim davlat axborot tizimlaridan Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma’lumotlari tarqalgani haqida xabarlar kuzatilmoqda. Hozirda mazkur holat böyiça örganişlar olib borilmoqda va holat yuzasidan qöşimça ma’lumotlar taqdim etiladi», – deya qayd etiladi bayonotda.

Fuqarolarga şaxsiy ma’lumotlarini boşqalarga oşkor qilmaslik hamda davlat va boşqa elektron axborot tizimlariga kirişda murakkab login va parollardan foydalaniş eslatiladi.

Bundan taşqari, fuqarolardan şubhali havolalar orqali öz ma’lumotlarini kiritmaslik söraldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş ma’lumotlari oçiq tarmoqqa sizib çiqqan bölişi mumkinligi haqidagi muhokamalar fonida, Statistika agentligi ham vaziyatga izoh berdi.

«15–31 yanvar kunlari onlayn şaklda ötkazilgan Aholi va qişloq xöjaligini röyxatga olişda töplangan barça ma’lumotlar, alohida serverda şifrlangan holda xavfsiz saqlanmoqda. Yurtdoşlarimizning röyxatga oliş bilan boğliq ma’lumotlarining xavfsizligi böyiça xavotirga örin yöq», – deyiladi agentlik bayonotida.