Qonunçilik palatasi 20 yanvar kuni ötkazilgan majlisda «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi qonunga kiritiladigan tuzatişlarni ma’qulladi.

Majlisda ta’kidlanganidek, Özbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantiriş, naqd pulsiz hisob-kitoblar uluşini oşiriş, şuningdek, sayyohlar oqimini köpaytiriş va turistik xizmatlar kölamini kengaytirişga qaratilgan islohotlar jarayoni zamonaviy raqamli tölov tizimlarini joriy etiş va xalqaro onlayn tölov kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirişni taqozo etadi.

Şu munosabat bilan loyihada Özbekiston hududida majburiy tarzda saqlanişi lozim bölgan şaxsga doir ma’lumotlar turlarini aniq belgilaş, şuningdek, ayrim ma’lumotlarni çet elda qayta işlaş va saqlaş uçun xavfsizlik, xalqaro standartlarga rioya etiş va vakolatli organ talablarini bajariş kabi şartlarni joriy etiş taklif etildi. Majlisda uşbu özgartirişlar orqali xalqaro tölov tizimlarini mamlakatga jalb qiliş, investitsiya muhitini yanada yaxşilaş, raqamli xizmatlar bozorini kengaytiriş hamda fuqarolar va sayyohlar uçun zamonaviy tölov imkoniyatlarini yaratişga xizmat qilişi qayd etildi.

Yakunda «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi Özbekiston qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda körib çiqilib, qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Apple Pay - bu dökonlar, ilovalar va saytlardagi xaridlarni iPhone, Apple Watch, iPad yoki Mac orqali biriktirilgan bank kartalari bilan tölaş imkonini beruvçi kontaksiz tölov xizmati; karta raqamini uzatiş örniga tokenlaş va biometrik himoya (Face ID, Touch ID yoki kod) qöllaniladi, bu esa tölovlarni tez va xavfsiz qiladi.

Google Pay - bu Google kompaniyasining tölov xizmati bölib, u smartfon yoki Android tizimidagi boşqa qurilmalar, şuningdek, brauzer orqali dökonlar, ilovalar va saytlardagi xaridlar uçun tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi; xizmat biriktirilgan bank kartalaridan foydalanadi, kontaksiz tölov (NFC) bilan işlaydi va ma’lumotlarni şifrlaş va tokenlaş orqali himoya qiladi.