Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari yuzlab generallarni shoshilinch uchrashuvga yig‘moqda
Dunyo bo‘ylab yuzlab AQSh generallari va admirallariga kutilmaganda Virjiniyaga misli ko‘rilmagan uchrashuv uchun yetib kelish buyurildi, uning mavzusi oshkor qilinmadi.
Foto: REUTERS
AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset 30 sentabr kuni deyarli barcha oliy harbiy xizmatchilarni Virjiniyadagi dengiz piyoda askarlari bazasiga zudlik bilan yig‘ishni buyurdi. Bu buyruq butun dunyo bo‘ylab AQShning yuzlab general va admirallariga yuborildi, deb yozadi The Washington Post 25 sentabr, payshanba kuni manbalarga tayanib.
O‘ndan ortiq manbalar taklifni «o‘ta noodatiy» deb atagan. Biroq, hech bir WP manbasi harbiy yig‘ilish maqsadini tushuntira olmadi.
WP ma’lumotlariga ko‘ra, 800 dan ortiq amerikalik general va admiral Qo‘shma Shtatlarda va dunyoning boshqa o‘nlab mamlakatlarida xizmat qiladi. Xegsetning buyrug‘i brigada generali va undan yuqori unvondagi barcha yuqori martabali ofitserlarga, ularning dengiz flotidagi hamkasblariga va katta maslahatchilarga nisbatan qo‘llanadi. Shuning uchun yig‘ilishda 1000 dan ortiq odam qatnashishi mumkin. WP manbalarining aytishicha, ular bunday miqyosdagi uchrashuvlarni eslay olmaydi.
Ko‘plab WP manbalari uchrashuvda Xegset ilgari talab qilgan AQSh armiyasidagi keng ko‘lamli qisqartirishlar muhokama qilinishi mumkinligini taxmin etdi. Bir qancha manbalar yangi milliy mudofaa strategiyasi yoki boshqa masalalar muhokama qilinishi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38