Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Emmanuel Makron: Rossiya tahdidini yetarlicha baholay olmadik
Rossiya «yevropaliklar uchun eng katta tuzilmaviy tahdiddir», dedi Fransiya prezidenti FAZ gazetasiga bergan intervyusida. U sanksiyalar siyosatini davom ettirishga va Rossiyaning «soya floti»ga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Yevropa «yevropaliklar uchun eng katta tuzilmaviy tahdid» bo‘lgan Rossiyani yetarlicha baholamadi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1 oktyabr, chorshanba kuni chop etilgan Frankfurter Allgemeine Zeitung (FAZ) gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Ular (Rossiya) bizning saylov jarayonlarimizga kiberhujumlar, muxolifat arboblarini o‘ldirish va migratsiya oqimlaridan bosim vositasi sifatida foydalanish orqali jamoaviy xavfsizligimizga tahdid solmoqda», — dedi Makron. «Rossiya bizning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarimizni sinovdan o‘tkazmoqda va o‘zining yadroviy doktrinasini o‘zgartirdi. Ruslarning yolg‘on ma’lumotlar tarqatish orqali bizning jamoatchilik fikriga qanchalik ta’sir qilishiga e’tibor berilmadi».
Fransiya rahbarining fikricha, Yevropa davlatlarining ochiq jamiyatlari axborot urushi oldida zaif. «Demokratik mamlakatlarimizda Rossiya maxfiy armiyasi joylashtirilganini ko‘rmasak, biz sodda bo‘lamiz. U raqamli botlar deb ataladigan kichik, yuzsiz jangchilardan iborat. Ular Fransiya, Germaniya va Yevropada demokratiyani manipulyatsiya qilmoqda», deb hisoblaydi Emmanuel Makron.
Agar Rossiya qiruvchi samolyoti Yevropa havo hududiga ruxsatsiz kirgan bo‘lsa, urib tushirilishini ma’qul ko‘rasizmi degan savolga Fransiya prezidenti: «Strategik noaniqlik doktrinasiga ko‘ra, hech narsa istisno etilmaganini ayta olaman», dedi. Makron, shuningdek, Ukrainaning G‘arb ittifoqchilari Moskvaga qilolmaydigan hamma narsani aytishni bas qilishi kerak degan fikrni bildirdi: «Bu zaiflik belgisi. Biz Putinni shubhada ushlab turishimiz kerak».
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
08:39 / 30.06.2026