Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml YeIning Rossiya muzlatilgan aktivlaridan foydalanish rejasiga javob qaytardi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevga yordam berish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanganlar «ta’qibga qilinadi» dedi.
Kreml Yevropa komissiyasining Ukrainani muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha rejalariga izoh berdi. Bu haqda 1 oktyabr, chorshanba kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot bilan chiqdi.
«Gap Rossiya mulkini noqonuniy ravishda tortib olish yoki ruscha aytganda, o‘g‘rilik rejalari haqida ketmoqda», — dedi Peskov.
Agar kimdir «bizning aktivlarimizni» «noqonuniy ravishda o‘zlashtirmoqchi» yoki ulardan «dividendlar olish»ni istasa, «bu yoki boshqa tarzda bunga aloqador bo‘lganlar jinoiy ta’qib qilinadi», deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Interfaks».
Kreml matbuot kotibi «nafaqat shaxslar, balki davlatlar» ham javobgarlikka tortilishini aytdi. «Bu, albatta, javobsiz qolishi mumkin emas», — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Avvalroq, 1 oktyabr kuni Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen Kiyevga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari garovi ostida milliardlab yevro kreditlar ajratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026