Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OpenAI dunyodagi eng qimmat kompaniya bo‘lib chiqdi
Chat GPT yaratuvchisi bo‘lgan OpenAI dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. Uning qiymati 500 milliard dollarga baholanmoqda.
Foto: Reuters
Kompaniyaning sobiq va hozirgi xodimlari investorlarga taxminan 6,6 milliard dollarlik aksiyalarni sotgan. Dastlab aksiyalarni taxminan 10,3 milliard dollarga sotishga ruxsat bergan, biroq ko‘pchilik biznesning istiqboliga ishonch bildirgan holda bunday qilmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Bloomberg va Reuters xabar bermoqda.
Ilgari kompaniya taxminan 300 milliard dollarga baholangan edi. Aksiyalarni sotish natijasida uning qiymati Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi qiymatidan oshib ketdi. SpaceX taxminan 400 milliard dollarga baholangan bo‘lib, hozir u ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda turibdi. Uchinchi o‘rinda esa TikTok egasi bo‘lgan Xitoyning ByteDance kompaniyasi o‘rin olgan.
Biznesmen Ilon Mask 2015 yilda kompaniya asoschilari qatorida bo‘lgan. U 2018 yilda kelishmovchiliklar tufayli kompaniya direktorlar kengashini tark etgan. Mask 2025 yil boshida OpenAI’ni 97,4 milliard dollarga sotib olish taklifini bildirgandi. Milliarder 2024 yilda OpenAI’ga qarshi da’vo qo‘zg‘atgan. U kompaniyaning tijorat bo‘linmasini tashkil etishi va Microsoft bilan hamkorlik qilishi dastlabki maqsadiga zid ekanini ta’kidlagan.
Dekabr oyida OpenAI hujjat e’lon qilib, unda Maskning o‘zi kompaniyani tijorat tashkilotiga aylantirishni qo‘llab-quvvatlaganini ochiqlagan. Biroq Mask kompaniya ustidan nazoratni qo‘lga kirita olmagani sababli bu g‘oyadan voz kechgan.
Bloomberg’ning ta’kidlashicha, OpenAI qiymatining oshishi sun’iy intellekt sohasidagi texnologiya yetakchilari atrofidagi “investitsion qiziqish”ni ko‘rsatadi.
Masalan, sentabr oxirida chip ishlab chiqaruvchi Nvidia OpenAI’ga taxminan 100 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritishini va kompaniyaga ma’lumot markazlari uchun chiplar yetkazib berishini e’lon qilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 30.11.2025
O‘zbekiston universitetlarining OpenAI ekotizimi bilan integratsiyasi chuqurlashtiriladi
21:07 / 01.11.2025
ChatGPT tibbiy va huquqiy maslahatlar berishni to‘xtatdi
20:08 / 28.10.2025
Har hafta milliondan ortiq odam ChatGPT bilan o‘z joniga qasd qilish haqida suhbatlashadi
23:32 / 21.10.2025