OpenAI kompaniyasi özining yangi GPT-5.4 modelini taqdim etdi. Kompaniya ma’lumotiga köra, yangi model professional va texnik vazifalarni bajarişga möljallangan bölib, kuçli fikrlaş, dasturlaş va iş jarayonlarini avtomatlaştiriş imkoniyatlarini bir tizimga birlaştiradi.

Modelning standart versiyasi API va dasturçilar uçun, GPT-5.4 Thinking versiyasi esa ChatGPT platformasida murakkab mantiqiy tahlil va fikr yuritiş uçun möljallangan. Şuningdek, yuqori hisoblaş quvvati talab qilinadigan murakkab vazifalar uçun GPT-5.4 Pro versiyasi ham işlab çiqildi.

Kompaniya GPT-5.4 ni hozirgaça yaratilgan eng samarali modellardan biri deb ta’riflamoqda. Ta’kidlanişiça, hujjatlar bilan işlaş, elektron jadvallar, dasturlaş va köp bosqiçli vazifalarni bajarişda u yuqori samaradorlik körsatgan. 

Yangi modelning samaradorligi mustaqil testlar natijalari bilan ham tasdiqlandi. GPT-5.4 OSWorld-Verified va WebArena Verified nazorat testlarida rekord natijalarga erişdi. Bu testlar sun’iy intellektning dasturiy ta’minot va onlayn instrumentlar bilan işlaş qobiliyatini baholaydi.

Mercor kompaniyasi boş direktori Brendan Fudining sözlariga köra, GPT-5.4 slayd-prezentatsiyalar, moliyaviy modellar va huquqiy tahliliy hujjatlar tayyorlaşda yuqori sifatli natijalar berib, boşqa ilğor modellarga nisbatan tezroq va arzonroqdir.

Bundan taşqari, modelning kompyuterni töğridan-töğri boşqariş qobiliyati ham kengaytirildi. Codex va API da SI-agentlarga ilovalar bilan özaro işlaş va turli tizimlar örtasida murakkab operatsiyalarni bajariş imkonini beruvçi funksiya paydo böldi. Bu funksiya jarayon davomida kontekstni saqlab qolişga yordam beradi.

Test natijalariga köra, GPT-5.4 Thinking versiyasida model tomonidan aldaş ehtimoli kamroq bölib, aniqlik darajasi ham oşgan: GPT-5.2 bilan soliştirganda, yangi model alohida faktlar böyiça 33 foizga kamroq xatoga yöl qöyadi.  

ChatGPT versiyasida model avval javob rejasini körsatişi mumkin, bu esa foydalanuvçiga javob yönalişini töğrilab, qöşimça savollarsiz yaxşiroq natija oliş imkonini beradi.