Juma, 10 aprel kuni, San-Fransiskodagi OpenAI hammuassisi va boş direktori Sem Altmanning villasiga hujum qilindi: mahalliy politsiya ma’lumotiga köra, 20 yoşli erkak uyga yonilği aralaşmasi solingan şişani otgan, oqibatda darvoza yongan, ammo odamlardan heç kim jabr körmagan.

Hujum qilgan şaxs voqea joyidan qoçib ketgan, ammo keyinroq qölga olingan. U, şuningdek, kompaniyaning San-Fransiskodagi boş ofisiga öt qöyiş bilan ham tahdid qilgan.

San Francisco Chronicle mahalliy naşri ma’lumotiga köra, gumonlanuvçi Alexandro Daniel Moreno-Gama ismli şaxs bölib, u hibsga olingan.

Politsiya hujum sababi hozirça noaniq ekanini ta’kidladi. Şu bilan birga, keyingi vaqtlarda sun’iy intellekt asosida işlovçi ChatGPT çat-botini yaratgani bilan tanilgan OpenAI kompaniyasi va uning rahbari Sem Altman sun’iy intellektga qarşi çiqqan norozilarning nişonlaridan biriga aylangan. Ular bu texnologiyani insoniyat uçun tahdid deb hisoblaydi.