Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilishni boshlaydi
O‘zbekiston diplomatlari Polshaning MW-WORKSERVICE Sp.zo.o. xususiy bandlik agentligi direktori Vitold Stanislav Ovcharchik bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Polsha vakiliga O‘zbekistonda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikni takomillashtirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilish va ularning qonuniy mehnat faoliyati uchun sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi.
Vitold Stanislav Ovcharchik mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyatini yuqori baholash barobarida, O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar pilot loyiha sifatida 232 nafar mutaxassis va ishchilarni Polshaga ishga jalb qilishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
10:45 / 29.06.2026