Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga boradi
O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-7 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar.
Sammit yakunida tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator qo‘shma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026