Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azoga yetib borishga uringan Greta Tunberg va boshqa faollarni chiqarib yubordi
Deportatsiya qilingan faollar orasida Tunbergdan tashqari bir qator G‘arb davlatlari, jumladan, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, AQSh va boshqa davlatlar fuqarolari ham bor.
Foto: IsraelMFA/Reuters
Isroil hukumati Global Sumud flotiliyasi tarkibida dengiz qamalini yorib o‘tishga va G‘azo sektoriga kemalarda yetib borishga uringan shvetsiyalik faol Greta Tunberg va yana 170 kishini deportatsiya qildi.
Deportatsiya qilingan faollar orasida Tunbergdan tashqari bir qator G‘arb davlatlari, jumladan, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, AQSh va boshqa davlatlar fuqarolari ham bor, deb xabar berdi Isroil TIV. Faollar Gretsiya va Slovakiyaga yuborilgan.
Isroil TIV deportatsiya qilinganlarni «fitnachilar» deb atadi. Shu bilan birga, vazirlik ta’kidlaganidek, «ushbu piar-aksiya ishtirokchilarining barcha qonuniy huquqlariga to‘liq rioya qilingan va qilinadi». Qayd qilinishicha, faollardan biri Ketsiot qamoqxonasining tibbiy xodimini tishlab olgan. Isroil buni «zo‘ravonlik» sifatida baholadi.
Greta Tunberg iyun oyida ham kemada G‘azoga kirishga uringan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Bu safar Global Sumud flotiliyasi 40 dan ortiq kema va 430 nafardan ortiq faollardan iborat bo‘ldi. Ular G‘azoga yo‘l oldi va insonparvarlik yordamini yetkazib berish niyatida ekanligini aytdi.
Oktyabr oyi boshida Isroil harbiylari barcha kemalarni to‘xtatib, Greta Tunberg va boshqalarni hibsga oldi. Shundan so‘ng shvetsiyalik faol ayol o‘ziga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linayotganidan shikoyat qildi.
Mavzuga oid
13:42
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
15:51 / 02.12.2025
Netanyahu qanday ayblovlar uchun afv so‘ramoqda va buning imkoni bormi?
13:59 / 02.12.2025
“Netanyahu uchun qulay siyosiy fon yaratilyapti” - Farhod Karimov
14:08 / 01.12.2025