Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev turkiy davlatlarga qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qildi
Ozarboyjon rahbari harbiy mashg‘ulotlarni o‘z mamlakatida o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi.
Foto: azertag.az
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlarga 2026 yilda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qildi. Uning so‘zlaridan «Azertaj» agentligi iqtibos keltirdi.
U turkiy davlatlar bir vaqtning o‘zida bir nechta sohalarda, jumladan, harbiy va mudofaa sohalarida keng hamkorlik qilayotganini eslatdi.
«2026 yilda Ozarboyjonda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni taklif qilamiz», dedi u.
O‘z navbatida, TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev birlashma negizida harbiy blok tuzilishini rad etdi.
Buning o‘rniga, bosh kotibning ta’kidlashicha, turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi formati – TDT+ tasdiqlanadi. U tashkilotga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
«Men darhol ta’kidlamoqchiman - gap ba’zi jurnalistlar talqin qilmoqchi bo‘lganidek, qandaydir yopiq yoki harbiy blok haqida ketmayapti. Bu noto‘g‘ri», dedi bosh kotib.
Ozarboyjonda TDT 12-sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilotga Ozarboyjondan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston ham kiradi. Turkiya NATO a’zosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:48 / 06.02.2026
TDT Fatvo hay’ati Ramazon oyi 19 fevral kuni boshlanishini belgiladi
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
08:33 / 23.01.2026