Sog‘lom hayot | 22:40 / 07.10.2025
3691
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechish insonning ruhiy salomatligini yaxshilaydi

Olimlar ijtimoiy tarmoqlar vaqtni noto‘g‘ri idrok etishga olib kelishidan ogohlantirdi.

Foto: AFP

UnHerd nashrining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar kazino tamoyili asosida ishlaydi. Cheksiz yangiliklar tasmalari va turli xil kontent tufayli biz vaqt tezroq o‘tayotgandek his qilamiz. Internet-platformalardan ongli ravishda foydalangan taqdirdagina bundan qutulish mumkin.

Ko‘pchilik odam ijtimoiy tarmoqlarga kirganida vaqt hisobini yo‘qotadi. Bu mutlaqo tasodifiy ta’sir emas. Ushbu internet platformalari vaqtni maxsus tezlashtiradi, ayni paytda ham, kelajakda ham. Buning sababi shundaki, bizda bir vaqtning o‘zida hozirgi zamondagi voqealarni idrok etish va o‘tmish haqidagi xotira yomonlashadi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda qanday ma’lumotlarni ko‘rganingizni eslashga harakat qiling. Ehtimol, siz hech narsani eslay olmaysiz. Buni ijtimoiy tarmoqlar qisqa va uzoq muddatli xotirani yomonlashtirishi haqidagi ilmiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgan vaqtni izchil bayon etilgan syujyet orqali kuzatish va nazorat qilish mumkin. Bu sizga vaqtni alohida xabarlarga aylantirishga yordam beradi. Yangiliklar tasmasi esa tartiblilik va izchillikning butunlay teskarisidir. U qandaydir labirintdan iborat bo‘lib, boshi ham, o‘rtasi ham, oxiri ham yo‘q.

Buni nima qilsa bo‘ladi? Variantlardan biri - ijtimoiy tarmoqlardan butunlay voz kechish yoki hech bo‘lmaganda ulardan foydalanishni cheklash. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ulardan voz kechish tufayli bir necha haftadan so‘ng insonning ruhiy salomatligi yaxshilanadi.

Shuningdek, agar siz umr uzunroq ekanini his qilishni istasangiz, iloji boricha odatdagidan ko‘ra yangilikka, ixtiyorsizdan ko‘ra ataylab qilingan narsaga, loqaydlikdan ko‘ra hissiyga, tartibsizdan ko‘ra tartibliga intiling.

Mavzuga oid