Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 106 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qonuniy asosda ish bilan ta’minlandi
Rossiyaning "Praym" iqtisodiy axborot agentligi "Uyushgan holda ishga yollash dasturi orqali 106 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ish bilan ta’minlandi" sarlavhali maqola e’lon qildi.
Nashrda qayd etilishicha, Toshkentda "MDH yagona mehnat bozorini qurish kontekstida migratsiya siyosatini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinganidek, tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi tomonidan "Peterburg muloqoti" forumi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
"Rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda Rossiyada qurilish, kommunal xo‘jalik, transport kabi sohalarga uyushgan holda ishga yollash bo‘yicha 97 ta kelishuv imzolangan", – deya O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev so‘zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.
Shuningdek, maqolada, 50 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiyaning "Lukoyl", "Gazprom", "Rusal", "KamAZ", "AvtoVAZ" korxonalari va Tataristondagi "Alabuga" iqtisodiy zonasi hamda yirik logistika kompaniyalariga ishga joylashtirilgani ta’kidlangan.
Mavzuga oid
09:58
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
08:58
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026