Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva formati ishtirokchilari Afg‘onistondagi xorijiy harbiy bazalarga qarshi chiqdi
Format ishtirokchilari buni mintaqaviy tinchlik va barqarorlik manfaatlariga mos kelmasligini ta’kidladi.
Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning Moskva formatiga (MMF) a’zo davlatlar ushbu mamlakatda uchinchi davlatlarning harbiy ishtirokiga qarshi chiqdi. Bu haqda 7 oktyabr kuni Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan MMF yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma bayonotda aytiladi.
«Mamlakatlarning Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlarda o‘z harbiy infratuzilma obektlarini joylashtirishga urinishlari nomaqbul deb topildi, chunki bu mintaqaviy tinchlik va barqarorlik manfaatlariga mos kelmaydi», deyiladi bayonotda.
Qaysi mamlakatlar Afg‘onistonda harbiy infratuzilma obektlarini joylashtirishga urinayotganiga aniqlik kiritilmadi. Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi Bagrom aviabazasini qaytarish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.
Moskva formatidagi yig‘ilishda birinchi marta Afg‘oniston delegatsiyasi to‘laqonli ishtirokchi sifatida qatnashdi, unga «Tolibon» hukumatidagi tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy boshchilik qildi. Ishtirokchilar orasida an’anaviy ravishda Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari bor edi. Mehmon sifatida zalda Belarus delegatsiyasi bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
13:47 / 29.06.2026