Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlament fuqarolarni roziligisiz tasvirga olishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi
Oliy Majlisda fuqarolarning tasvirga bo‘lgan huquqini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qullandi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun loyihasiga ko‘ra, shaxsning tasvirini suratga olish va foydalanish uchun majburiy ravishda roziligini olish talabi joriy etiladi. Shuningdek, bolalar ham o‘z tasviri bo‘yicha mustaqil huquq sub’yekti hisoblanishi belgilab qo‘yildi.
Hujjatda, shuningdek, qaysi hollarda shaxsning roziligisiz tasvirga olish va tasvirdan foydalanish mumkinligi hamda videokuzatuv amalga oshirilayotganda shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar aniq belgilab berilgan.
Qonun loyihasining ikkinchi o‘qishga tayyorlanishi jarayonida turlicha yondashuvlarni oldini olish va qonun normalarini aniq hamda bir xil tarzda qo‘llashni ta’minlash maqsadida bir qator o‘zgartishlar kiritilgan.
16 yoshga to‘lmagan bolalarni tasvirga olish yoki ularning tasviridan foydalanishda rozilik ularning ota-onasidan biri yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan berilishi shart ekani belgilandi.
Shu bilan birga, jamoat joylariga videokuzatuv tizimlari o‘rnatilganda, bu haqda ko‘rinib turadigan va oson tushunilgan holdagi ogohlantiruvchi belgi joylashtirilishi majburiy hisoblanadi.
Bundan tashqari, videokameralarni o‘rnatish taqiqlangan joylar ham aniq ko‘rsatib o‘tilgan — masalan, kiyim almashtirish xonalari va hojatxonalarda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Mavzuga oid
09:42
Parlamentda mahalliy kengashlar vakolatlarini kuchaytirish taklifi ko‘rib chiqildi
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
21:07 / 13.01.2026
Bolaga ota ismini familiya sifatida berishga ruxsat etilishi mumkin
19:07 / 13.01.2026