Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Venesuela bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha harakatini to‘xtatdi
Reuters va The New York Times nashrlarining yozishicha, AQSh prezidenti Venesuela bilan tinchlikka erishish uchun diplomatik harakatlarni to‘xtatishni buyurgan. Bu haqda u 2 oktyabr kuni maxsus vakil Grenelga ma’lum qildi.
Foto: GLOBAL LOOK PRESS
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela bilan tinchlik kelishuviga erishish harakatlarini to‘xtatdi. U o‘zining maxsus vakili Richard Grenelga barcha diplomatik sa’y-harakatlarni va tegishli aloqalarni to‘xtatishni buyurdi, deb xabar berdi Reuters 7 oktyabr, seshanba kuni AQSh rasmiylariga tayanib. Shu bilan agentlik The New York Times (NYT) gazetasining xuddi shunday xabarini tasdiqladi.
Reuters ta’kidlaganidek, Tramp bu xabarni 2 oktyabr kuni Oval kabinetda yuqori martabali harbiy amaldorlar bilan uchrashuvi chog‘ida Grenelga yetkazdi. Tramp avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va Venesuelaning yuqori martabali rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazgan maxsus elchiga qo‘ng‘iroq qilib, unga Karakas bilan barcha aloqalarni to‘xtatishni buyurdi, deb yozadi NYT.
Amerika nashri Trampning Maduroning Vashington talablariga bo‘ysunmaslik va o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqish istagi yo‘qligi, shuningdek, Venesuela rasmiylarining narkotik moddalar savdosiga aloqasi yo‘qligini ta’kidlaganidan noroziligiga ishora qiladi. Bundan tashqari, NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy mojaroning harbiy kuchayishi uchun bir nechta ssenariylarni ishlab chiqdi, jumladan Maduroni hokimiyatdan majburan chetlatishni.
Sentyabr oyining boshidan beri AQSh harbiy kemalari xalqaro suvlarda narkokartellar bilan bog‘liq deb hisoblagan bir necha kemalarni cho‘ktirdi. So‘nggi hujum paytida Tramp 19 sentabr kuni uchta «narkoterrorchi» yo‘q qilinganini e’lon qildi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash olib borayotganini bahona qilib, Venesuela qirg‘oqlari yaqinida kichik harbiy kemalar guruhini va o‘zining xorijdagi Puerto-Riko hududida qiruvchi samolyotlarni joylashtirdi. Bu harakatlar kuzatuvchilarda Qo‘shma Shtatlar Venesuelaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin degan taxminlarni uyg‘otdi.
Nikolas Maduro AQShning Karib dengizidagi kemalarga hujumlarini Lotin Amerikasi uchun yuzlab yillardagi «eng jiddiy tahdid» deb atagan bo‘lsa, Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes buni «e’lon qilinmagan urush» hamda «Karib dengizida odamlar giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganmi yoki yo‘qmi, bunga qarab o‘tirmay qatl etildi», dedi. Sentyabr o‘rtalarida Karakas Venesuela hududiy suvlarida «Karib dengizi suvereniteti 200» nomli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
09:21 / 06.12.2025
Kushner – tinchlik bo‘yicha muzokarachi: Ukrainani nima kutmoqda?
08:46 / 06.12.2025
Trampga FIFAning yangi tinchlik mukofoti topshirildi
08:52 / 04.12.2025
Tramp: Putin kelishuv tuzishni va «normal hayotga qaytishni» istayapti
15:57 / 03.12.2025