Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kredit jadvali o‘zgarsa, qarzdorga darhol yangisini bering” – Markaziy bank tijorat banklarini ogohlantirdi
Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi paytlarda ayrim tijorat banklari kredit shartnomalariga iste’molchilar huquqlarini cheklovchi bandlar kiritmoqda. Markaziy bankka ko‘ra, bu holat qonunbuzarlik. Shuning uchun barcha banklar qat’iy ogohlantirildi.
Aniqlanishicha, ba’zi banklar kredit to‘lov jadvalidagi sana, muddat yoki miqdor o‘zgarganda, mijozga o‘z vaqtida xabar bermayapti. Ular yangilangan to‘lov jadvalini faqat mijoz so‘ragandagina taqdim etmoqda. Markaziy bankning ta’kidlashicha, bunday ma’lumotlar zudlik bilan mijozga oldindan yetkazilishi shart.
Kreditni qaytarish jadvallari — kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi. Unda kredit qoldig‘i, asosiy qarz va foiz to‘lovlari hamda ularning amalga oshirilish sanalari ko‘rsatib o‘tiladi. Jadvaldagi har qanday o‘zgarish kredit shartlari o‘zgarishiga teng, deyiladi regulyator ogohlantirishida.
Markaziy bank agar mijoz yangilangan jadvaldan bexabar qolsa, to‘lovni kechiktirib yuborishi, natijada jarima, ortiqcha foizlar yoki kredit tarixining yomonlashuvi kabi oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini bildirgan.
Shundan kelib chiqib, banklardan kredit shartnomalariga bunday shartlar kiritish amaliyotini to‘xtatish talab qilindi. Regulyator ilgari tuzilgan shartnomalarga ham o‘zgartirish kiritilib, bunday noqonuniy bandlar bekor qilinishi lozimligini eslatgan.
Kreditni qaytarish jadvalida har qanday o‘zgarish bo‘lgan taqdirda bank qarzdorga yangilangan jadvalni darhol taqdim etishi kerak, deyiladi Markaziy bank axborotida.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026