Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya dumasi AQSh bilan plutoniy utilizatsiyasi bo‘yicha kelishuvni bekor qildi
AQSh va Rossiya o‘rtasidagi 34 tonna qurol-yarog‘ga tegishli plutoniyni har bir tomon utilizatsiya qilishi haqidagi kelishuv Moskva tomonidan bekor qilindi. Bu utilizatsiya qilinmagan plutoniy yadroviy qurol yaratish uchun qayta ishlatilishi mumkinligini anglatadi.
Foto: Getty Images/AFP/M. Antonov
Rossiya Davlat dumasi AQSh bilan plutoniyni utilizatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni, shuningdek, uning protokollarini denonsatsiya qiluvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda tashkilot saytida 8 oktyabr, chorshanba kuni ma’lum qilindi. «Qaror faqat Rossiya Federatsiyasi va uning fuqarolari manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinmoqda. Biz ancha oldin bekor qilinishi kerak bo‘lgan kelishuvni denonsatsiya qilamiz», — dedi Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
Hujjat imzolanganidan 11 yil o‘tib, 2011 yilda ratifikatsiya qilingan. Shartnoma Amerika va Rossiya tomonlari tomonidan harbiy dasturlar uchun ortiqcha deb e’lon qilingan 34 tonna qurol darajasidagi plutoniyni tasarruf etishni nazarda tutgan. 2016 yilda Moskva va Vashington o‘rtasidagi «munosabatlarning keskin yomonlashuvi» fonida Rossiya rasmiylari kelishuvni bir tomonlama to‘xtatib qo‘ygan edi.
Denonsatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi 31 iyul kuni Davlat dumasiga kiritilgan. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning Vashington bilan plutoniyni yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvi bo‘yicha majburiyatlarini saqlab qolishi «hozirgi sharoitda nomaqbul». Rasmiy, shuningdek, Rossiya avvalroq ushbu kelishuvni yangilash, jumladan, Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish va «Rossiya Federatsiyasi tomonidan ularning kiritilishi natijasida yetkazilgan zarar»ni qoplash shartlarini belgilab qo‘yganini ta’kidladi. Hech bir shart bajarilmadi, dedi Ryabkov.
Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasiga tushuntirish xatida aytilishicha, denonsatsiya sabablari, jumladan, «vaziyatning tubdan o‘zgarishi», «AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilgani», «NATOning sharqqa kengayishi» va Vashingtonning urushda Kiyevni qo‘llab-quvvatlaganidir. «Kelishuv predmeti bo‘lgan plutoniy bo‘yicha keyingi majburiyatlarni saqlab qolish nomaqbul», deyiladi xatda. Shu sababli, hali utilizatsiya qilinmagan Rossiya plutoniyi yadroviy qurol yaratish uchun qayta ishlatilishi mumkin, deya qayd etadi mustaqil matbuot.
Mavzuga oid
23:45 / 21.12.2025
Mirziyoyev, Rahmon va Japarovga Tolstoy nomidagi tinchlik mukofoti topshirildi
16:05 / 20.12.2025
Kiyev YeI sammiti haqida: RFning Ukrainani qulatishga qaratilgan hisob-kitobi barbod bo‘ldi
15:21 / 20.12.2025
B rejasi: Nega YeI Ukrainaga Rossiya zaxiralarini bermadi?
14:29 / 20.12.2025