Jahon | 15:17 / 11.10.2025
5000
2 daqiqa o‘qiladi

"Sputnik Ozarboyjon" direktori Bokudagi tergov hibsxonasidan ozod etildi

Ozarboyjon tomonidan joriy yilning yozida Rossiya bilan munosabatlar keskinlashgan bir paytda hibsga olingan "Sputnik Ozarboyjon" direktori Igor Kartavix tergov hibsxonasidan ozod etildi. Moskvada Satira teatrining sobiq direktori Agayev ozodlikka chiqdi.

Foto: Sputnik

Rossiyaning «Rossiya segodnya» davlat media guruhi tomonidan asos solingan "Sputnik Ozarboyjon" axborot agentligi ijrochi direktori Igor Kartavix Bokuda tergov hibsxonasidan uy qamog‘iga o‘tkazildi. Bu haqda 10 oktyabr, juma kuni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga tayanib, «Kommersant» gazetasi xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, 1 iyul kuni hibsga olingan Kartavixni ozod qilish qarori ikki davlat rahbarlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyevning 9 oktyabr kuni Dushanbedagi uchrashuvi arafasida qabul qilingan. Ushakov bu masalani ozarboyjonlik hamkasbi Hikmet Gajiyev bilan bevosita muhokama qilgan.

Kartavix Bokuda uy qamog‘ida bo‘ladi, deya aniqlik kiritdi «Rossiya segodnya» rahbari Dmitriy Kiselev «RIA Novosti» davlat axborot agentligi bilan suhbatda. Rossiyaning Ozarboyjondagi elchixonasi vakillari allaqachon Rossiya fuqarosi oldiga tashrif buyurgan, deya qo‘shimcha qildi TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova. Kartavix bilan birga hibsga olingan "Sputnik Ozarboyjon" bosh muharriri Yevgeniy Belousov hamon tergov hibsxonasida qolmoqda.

Kartavix ozod etilganidan ko‘p o‘tmay, 1992 yildan 2021 yilgacha Moskva Satira teatriga rahbarlik qilgan Mamedali Agayev Moskvada hibsdan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi. U 28 avgust kuni 20 million rublni o‘zlashtirganlikda ayblanib, ikki oyga hibsga olingan edi. RBK manbasiga ko‘ra, 9 oktyabr kuni Tagansk sudi Agayevni uy qamog‘iga o‘tkazishni ma’qullagan.

Mavzuga oid