O‘zbekiston | 11:51 / 13.10.2025
5858
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi davomida quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +10…+15, kunduz kunlari +25…+33 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo kuzatiladi, faqat eng chekka shimoliy hududlarda 14 oktabr kunlari qisqa muddati yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Harorat foni kechalari +10…+13 daraja atrofida, ba’zi joylarda +15 darajagacha, kunduz kunlari +25…+28 daraja, janubda +30…+33 darajagacha bo‘ladi. Sinoptiklarga ko‘ra, bu o‘rtacha iqlim me’yoridan yuqoridir.

1314 oktyabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi.

Harorat asosan kechasi +10…+13 , kunduzi +25…+28 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid