Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida ishtirok etayotganini rad qildi
Kuba hukumati fuqarolarni Ukrainaga qarshi urush uchun frontga jo‘natishga aloqadorligini rad etdi. AQSh rasmiylari kubaliklar Rossiya tomonida kurashayotganini va Havana o‘z fuqarolarini himoya qila olmayotganini da’vo qilmoqda.
Kuba AQShning Ukrainadagi urushga aloqadorligi va fuqarolarini jangga jo‘natgani haqidagi ayblovlarini rad etib chiqdi. «Kuba AQSh ma’muriyati tomonidan Kubaning Ukrainadagi harbiy mojaroda ishtirok etgani haqidagi soxta ayblovlarni rad etadi», — deyiladi mamlakat TIV e’lon qilgan bayonotda.
Xabarda qayd etilishicha, 2023 yil sentabridan buyon Kuba fuqarolarining frontga jo‘natilgani haqidagi xabarlar ortidan 26 kubalik yollanma faoliyati uchun 5 yildan 14 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.
«Biz Kuba fuqarolari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida Rossiya qo‘shinlari tomonida jang qilayotgani haqidagi ma’lumotlardan xabardormiz», dedi AQSh Davlat departamenti vakili. Unga ko‘ra, «Kuba rejimi o‘z fuqarolarini Rossiya-Ukraina urushida foydalanishdan himoya qila olmadi».
Avvalroq, chet ellik askarlarni qurollarini topshirishga chaqiruvchi Ukrainaning «Xochu jit» tashabbusi 2023 yil boshidan beri Rossiya tomonidan yollangan 1000 dan ortiq kubalik yollanma askarlar haqida ma’lumotga ega ekanligini da’vo qilgan edi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
09:01 / 07.07.2026