Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston va Afg‘oniston mojarosida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi to‘qnashuvning ikkinchi kunida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, deb xabar qildi ikki tomon. "Tolibon" 58 nafar pokistonlik askar halok bo‘lganini xabar berdi. Pokiston Afg‘oniston chegara postlari qo‘lga olinganini bildirdi.
Foto: Getty Images
12 oktyabr, yakshanba kuni tushdan keyin Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi taranglik kuchaydi, deb xabar berdi AFP har ikki tomon bayonotlariga tayanib. Har ikki davlat chegaradagi to‘qnashuvlar natijasida o‘nlab kishilar halok bo‘lgan. Bu raqamlarni mustaqil ravishda tekshirish imkoni yo‘q.
Kobuldagi hukmron "Tolibon" harakati vakili Zabihulloh Mujohidning ma’lum qilishicha, 58 nafar Pokiston askari halok bo‘lgan, Islomobod bu raqamlarni tasdiqlamadi. "Tolibon"ga ko‘ra, qo‘shni davlatning 20 ta chegara posti vaqtincha egallab olingan. Afg‘oniston buni «javob harakati» deb atadi. Mujohid, shuningdek, to‘qqiz afg‘on askari halok bo‘lganini da’vo qildi.
Pokiston ommaviy axborot vositalari xavfsizlik manbalariga tayanib, afg‘on tomonida ham «ko‘p sonli qurbonlar» borligini, Pokiston kuchlari 19 ta afg‘on chegara postini o‘z nazoratiga olganini xabar qildi, deb xabar beradi AFP.
Kuni kecha Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi mojaro "Tolibon" va Pokiston askarlari o‘rtasidagi shiddatli qurolli to‘qnashuvlar bilan avj oldi. Ikki kun avval "Tolibon" Islomobodni Afg‘oniston hududiga havo hujumlarida ayblagan edi.
9 oktyabr kuni Kobul va Afg‘oniston janubi-sharqida sodir bo‘lgan qator portlashlardan so‘ng Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Pokistonni suverenitetini buzganlikda aybladi. Islomobod havo hujumlariga aloqadorligini rad etdi, lekin Kobulni «o‘z hududida Pokiston toliblariga boshpana berishni to‘xtatishga» chaqirdi.
Pokiston hukumati ularni 2021 yildan beri yuzlab pokistonlik askarlarni o‘ldirganlikda ayblamoqda. Pokistonlik toliblar Afg‘onistonda jangovar tayyorgarlikdan o‘tadi va afg‘on hamkasblari mafkurasini qo‘llab-quvvatlaydi, deya xabar beradi AFP. Pokiston razvedkasidagi manbalarning dpa axborot agentligiga ma’lum qilishicha, Islomobod zarbalari Pokiston toliblari yetakchisi Nur Vali Mehsudga qaratilgan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026