Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya o‘rtasidagi loyihalar portfeli 27 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyani Toshkentga boshlab kelgan podshohlik investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida mehmon O‘zbekiston rahbariga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd, bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Saudiya ko‘p qirrali hamkorligi va keng ko‘lamli sherikligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Samarali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajadagi aloqalar faollashdi. O‘zaro savdo hajmi, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paydi.
Qo‘shma loyihalar portfeli 27 milliard dollarga yetdi. "ACWA Power" kompaniyasi bilan energetika sohasida 15 milliard dollarlik qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarining samarali natijalari, ular doirasida yangi bitim va shartnomalar imzolangani yuksak baholandi.

"Yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, ko‘chmas mulk, mamlakatimiz hududlarida infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyiha va tashabbuslarni tez fursatda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
12:08 / 10.12.2025
Tashish va saqlash sohasiga investitsiya oqimi barqaror o‘smoqda
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
07:26 / 03.12.2025
Saudiyadagi ulkan «Mukaab» poydevori sun’iy yo‘ldoshdan qayd etildi
14:02 / 02.12.2025