Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi qurilishlarning 97 foizini nodavlat tashkilotlar bajaradi
2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 183 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,1 foizni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 5,5 trln so‘m qurilish ishlari bajarilib, jamiga nisbatan 2,9 foiz ulushni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar—avgust):
nodavlat tashkilotlari:
2021 yil — 63,5 trln so‘m;
2022 yil — 79,1 trln so‘m;
2023 yil — 93,2 trln so‘m;
2024 yil — 155,9 trln so‘m;
2025 yil — 183 trln so‘m;
davlat tashkilotlari:
2021 yil — 3,4 trln so‘m;
2022 yil — 2,3 trln so‘m;
2023 yil — 1,7 trln so‘m;
2024 yil — 3,6 trln so‘m;
2025 yil — 5,5 trln so‘m.