Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Zelenskiy bilan uchrashdi va Tomahawk raketalari bo‘yicha AQSh pozitsiyasini tushuntirdi
Oq uy rahbari bu raketalarni Ukrainaga berishga zarurat tug‘ilmasligiga umid bildirdi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp 17 oktyabr kuni Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan Vashingtondagi Oq uyda uchrashdi.
Tramp Ukraina uchun Tomahawk raketalari zarur bo‘lmasligiga umid bildirdi.
«Biz bu jarayonni soddalashtirishga intilayotganimizning sabablaridan biri shundaki, gap juda katta miqdordagi juda kuchli qurollar haqida ketmoqda. Demak, bu biz muhokama qiladigan masalalardan biri. Umid qilamanki, ularga zarurat tug‘ilmaydi. Umid qilamanki, biz Tomahawk raketalarini qo‘llash haqida o‘ylamasdan ham urushni tugatishga muvaffaq bo‘lamiz», dedi Tramp.
Zelenskiy urushni texnologik mojaro deb atadi va «boshqa vositalar - ko‘plab dronlar kerakligini» aytdi. Shuningdek, u Trampga birgalikda ishlash va birgalikda dron ishlab chiqarishni taklif qildi.
«Bizda turli xil qurollar ko‘p. Biz mamlakatni to‘liq jihozlashimiz kerak. Biz urushni tugatishimiz uchun Ukrainaga Tomahawk kerak bo‘lmasligini istardik», dedi Tramp va AQSh Tomahawk o‘rniga dron berishdan manfaatdor bo‘lishini aytdi.
Trampning fikricha, Vladimir Putin, xuddi Volodimir Zelenskiy kabi, urush tugashini istaydi, «shuning uchun endi biz buni amalga oshirimiz kerak».
AQSh prezidenti Budapeshtda Putin bilan uchrashuvi katta ehtimol bilan Zelenskiy ishtirokisiz o‘tishini aytdi.
Avvalroq Tramp agar Rossiya bilan urush hal etilmasa, Ukraina raketalar olishi mumkinligini aytgandi.
Moskva Ukrainaga Tomahawk raketalarining berilishiga mutlaqo qarshi ekanini ma’lum qilib kelmoqda. Putinning ogohlantirishicha, Tomahawk raketalari jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmaydi, biroq AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mavzuga oid
22:13 / 17.03.2026
Eron milliy jamoasi JCh-2026 o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib bormoqda
20:38 / 17.03.2026
Tramp jamoasi a’zolaridan biri urushga norozilik bildirib, iste’fo berdi
20:02 / 17.03.2026
Eronning yangi oliy rahbari AQSh bilan muzokaralar taklifini rad etdi
19:12 / 17.03.2026