Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers Zelenskiy bilan suhbatdan keyin: Ukrainaga tinchlik rejasi kerak
Zelenskiy bilan suhbatdan so‘ng Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaga endi tinchlik rejasi kerakligini aytdi. Fridrix Mers va boshqa Yevropa yetakchilari ham «Rossiyani muzokaralar olib borishga undash uchun» mamlakatni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukraina endi tinchlik rejasiga muhtojligini aytdi. Bu haqda siyosatchi 17 oktyabr, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng Yevropaning boshqa yetakchilari bilan telefon suhbatidan keyin bayonot berdi.
Suhbat chog‘ida Yevropa yetakchilari, jumladan Mers, Germaniya hukumati vakili Shtefan Korneliusning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyani jiddiy muzokaralar olib borishga undash» uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi. Xususan, ular sanksiyalar va muzlatilgan Rossiya davlat aktivlaridan foydalanish orqali Moskvaga bosimni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
«Volodimir Zelenskiy Germaniya va yevropalik do‘stlarimiz tomonidan tinchlikka erishish yo‘lida har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi», — deya Kornelius Mersning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. Qayd etilishicha, Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng Yevropa yetakchilari Zelenskiy bilan keyingi harakatlarni muhokama qilgan va uning keyingi qadamlarini diqqat bilan kuzatish niyatida.
Ukraina rahbari AQSh prezidenti bilan uchrashuvidan so‘ng va jurnalistlar bilan gaplashishdan oldin yevropalik siyosatchilar bilan telefon orqali muloqot qildi. Brifingda Zelenskiy suhbatda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen, NATO bosh kotibi Mark Ryutte, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, shuningdek, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya va Polsha bosh vazirlari ishtirok etganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
13:38 / 06.07.2026
Rossiya Kiyevni yana o‘qqa tutdi – suratlar
12:11 / 06.07.2026