Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Namangan shahrida Koreya va Slovakiyaga ishga yuborishini aytib, odamlardan firibgarlik bilan pul olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Departamentning Namangan shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K.ning ishonchiga kirib, 2 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir holatda esa fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 mln so‘m evaziga Slovakiya davlatiga ishga yuborishi uchun kelishilgan pullar hisobidan 600 AQSh dollari va 2,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026