Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Tramp Zelenskiyni Rossiyaning shartlarini qabul qilishga chaqirdi
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Amerika yetakchisi Zelenskiyga kelishuvga rozi bo‘lishi zarurligi, "aks holda unga yo‘q bo‘lib ketish xavfi tahdid solayotgani"ni aytgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvi chog‘ida uni Rossiyaning shartlarini qabul qilishga chaqirdi, deb yozadi Financial Times o‘z manbalariga tayanib.
"Donald Tramp Oq uyda o‘tgan keskin uchrashuvda Volodimir Zelenskiyni urushni to‘xtatish bo‘yicha Rossiyaning shartlarini qabul qilishga chaqirdi", — deyiladi nashr xabarida.
Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Amerika yetakchisi Zelenskiyga kelishuvga rozi bo‘lishi zarurligi, "aks holda unga yo‘q bo‘lib ketish xavfi tahdid solayotgani"ni aytgan.
"Uchrashuv Tramp “tinmasdan so‘kingan” aytishuvga aylanib ketdi. Hattoki AQSh prezidenti Ukrainadagi front chizig‘i xaritasini stoldan uloqtirib yubordi", — deya manba so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
17 oktyabr, juma kuni Tramp Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Undan oldinroq, payshanba kuni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda suhbatlashdi. Ushbu suhbatdan so‘ng u Rossiya prezidenti bilan Budapesht shahrida uchrashuv o‘tkazish niyatini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
12:25
FIFAda mojaro: tashkilot amerikalik futbolchining diskvalifikatsiyasini to‘xtatdi
12:11
Ukrainada saylov masalasi zimdan muhokama qilinmoqda. Zelenskiy yaqqol favorit emas
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026