Jamiyat | 08:44 / 21.10.2025
3912
1 daqiqa o‘qiladi

Ahmad Donish ko‘chasida uchta avtomashina YTHga uchradi

Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berildi.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 19:50 larda Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida Cobalt, Nexia-3, Lacetti rusumli transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida avtomashina haydovchilariga hamda Lacetti rusumli avtomashina yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid