Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim va sun’iy intellekt: O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston ta’lim va kasbiy tayyorgarlik davlat vaziri Vajiha Qamar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda Samarqanddagi YuNeSKO bosh konferensiyasi 43-sessiyasida ishtirok, oliy ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va akademik almashuv masalalari muhokama qilindi.
Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuv davomida ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalar orqali aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Vajiha Qamar konferensiyaning Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning jahon madaniy merosini asrash va ommalashtirish borasidagi faol sa’y-harakatlariga xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak hurmat bildirilishini ko‘rsatadi, deb ta’kidladi.
Shuningdek, tomonlar oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni institutsionallashtirish, muntazam maslahatlashuvlar va qo‘shma dasturlarni muvofiqlashtirish choralari ustidan fikr almashdi. Akademik va ilmiy aloqalarni faollashtirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, ikki tomonlama diplom dasturlari, tibbiyot, muhandislik va axborot texnologiyalari sohalarida qo‘shma tadqiqotlar, diplomlarni o‘zaro tan olish va ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda elektron ta’lim va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ta’lim va ilmiy hamkorlikni tizimli rivojlantirish mexanizmlari, shuningdek akademik va ilmiy muassasalar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston-Pokiston universitetlari forumini tashkil etish tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
07:28 / 04.12.2025
Mask: sun’iy intellekt odamlarni iqtisodiy mehnat zaruratidan ozod qiladi
15:49 / 03.12.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt uchun etik me’yor va qoidalar joriy etiladi
21:13 / 01.12.2025
“Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi orqali olingan suratlar bilan havo sifatini birlamchi baholash mumkin bo‘ladi
10:41 / 01.12.2025