Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi uy-joy bozori: yangi uylar qimmatlashdi, ikkilamchi uylar arzonlashdi
Toshkentda birlamchi uy-joy bozorida narxlar 3 foizga oshdi, eng yuqori o‘sish Mirobod, Bektemir va Yakkasaroyda (o‘rtacha 5,8 foiz) qayd etildi. Shu bilan birga, ikkilamchi uy-joy bozorida yillik hisobda narxlar 1,7 foizga pasaydi, xususan Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzorda o‘rtacha 4,3 foizga tushdi.
Foto: Kun.uz
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining yangilangan tahliliga ko‘ra, 2025 yilning sentabr oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori barqaror o‘sishni saqlab qolmoqda.
Respublika bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 24,2 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,7 foizga ko‘p.
Eng yuqori yillik o‘sish Sirdaryo (+35,6 foiz), Buxoro (+20,2 foiz) va Toshkent shahrida (+31,2 foiz) qayd etildi.
2025 yilning uchinchi choragida jami 75,5 mingta shartnoma rasmiylashtirildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,6 foiz va joriy yilning ikkinchi choragiga nisbatan 11 foizga ko‘p. Eng katta o‘sish Buxoro (+27,3 foiz), Sirdaryo (+24,9 foiz) va Toshkent (+19,9 foiz)da kuzatildi.
Ikkilamchi va birlamchi bozorlar
Ikkilamchi uy-joy bozorida sentabr oyida o‘rtacha narxlar 0,6 foizga oshgan, yillik o‘sish esa 4,6 foizni tashkil etdi. Eng yuqori narx o‘sishi Surxondaryo (+19 foiz), Sirdaryo (+15,8 foiz) va Jizzax (+14,5 foiz)da qayd etildi.
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar sentabrda 0,6 foizga oshgan, yillik hisobda esa 1,7 foizga pasaygan. Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida o‘rtacha 4,3 foizga pasayish kuzatildi.
Birlamchi uy-joy bozorida narxlar 3 foizga oshgan, eng yuqori o‘sish Mirobod, Bektemir va Yakkasaroyda qayd etildi (o‘rtacha 5,8 foiz).
Ijara bozori
Sentyabr oyida Toshkentda uy-joy ijarasi uchun o‘rtacha narx bir kv.m 8,5 dollarni tashkil etdi. Eng yuqori narxlar Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroyda kuzatildi.
O‘tgan yilning sentabriga nisbatan ijara narxlari poytaxtda 1,4 foizga oshdi. Eng katta o‘sish Yunusobod, Olmazor va Mirobodda bo‘ldi (o‘rtacha 4,4 foiz).
Mavzuga oid
16:00 / 13.11.2025
Ko‘chmas mulkda ishonchli boshqarish bo‘yicha milliy standart yo‘lga qo‘yildi
18:29 / 12.11.2025
Uy-joy xaridi uchun bankda eskrou hisobvarag‘ini ochishga ruxsat berildi
22:02 / 07.11.2025
Dubay badavlat odamlar uchun eng jozibador shaharlar reytingida yetakchilik qilmoqda
18:20 / 04.11.2025