Özbekiston aholisining mutlaq aksariyati – 86 foizi hovli uylarda, 12 foizi köp kvartirali uylardagi xonadonlarda istiqomat qiladi.

Toşkent şahrida esa aholining 45 foizi hovli uylarda, 51 foizi köp kvartirali uylarda yaşamoqda.

Uşbu manzara aholini röyxatga olişning dastlabki natijalaridan ma’lum böldi.

Milliy statistika qömitasi hisobotiga köra, 2026 yil boşida röyxatga olingan 39 mln 47 ming aholining turar joy turlari böyiça taqsimlanişi quyidagiça:

  • şaxsiy yakka tartibdagi hovli va dala hovli – 33 mln 689 ming;

  • köp qavatli uydagi xonadon – 4 mln 826 ming;

  • talaba va öquvçilar yotoqxonasi – 61 ming;

  • boşqa yotoqxonalar – 63 ming;

  • yaşaş uçun foydalaniladigan noturar joy – 58 ming;

  • mehmonxona, oilaviy mehmon uyi, hostel – 3,5 ming;

  • boşqa turdagi turar joy – 347 ming.

Qayd etiş lozim, 2026 yil 14 yanvar kuni köp kvartirali uylarni boşqariş sohasi böyiça davlat rahbariga qilingan takliflar taqdimotida respublika böylab 44 mingdan ortiq köp kvartirali uyda 7,1 mln aholi istiqomat qilişi aytilgan edi. Röyxatga oliş natijasida esa, köp kvartirali uylarda yaşovçilar soni 4,8 mln ekani oydinlaşdi.

Köp kvartirali uylarda yaşovçilar

Röyxatga oliş natijalariga köra, poytaxt Toşkentda doimiy yaşovçilar soni 3 mln 225 ming nafarni taşkil etgan. Şundan 1 mln 454 mingga yaqini (45 foizi) hovli uylarda, 1 mln 655 ming nafari (51 foizi) esa köp kvartirali uylarda yaşaydi.