Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoni Lavrov va Rubio muzokaralari tufayli to‘xtab qoldi – OAV
Bunga sabab sifatida Rossiya keng qamrovli tinchlik muzokaralari boshlanmaguncha zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmagani keltirilmoqda.
Foto: EPA
AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainada tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlari Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasidagi telefon suhbati chog‘ida «to‘siqqa duch keldi». Bu haqda NBC News har ikki tomonning yuqori lavozimli shaxslariga tayanib xabar berdi.
Telekanal manbasining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov amerikalik hamkasbi bilan telefon orqali suhbatda Rossiya keng qamrovli tinchlik muzokaralari boshlanmaguncha zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini aytgan. Telekanal suhbatdoshining aytishicha, suhbat chog‘ida rossiyalik vazir «zo‘riqqan».
20 oktabr kuni Rossiya va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Ular, jumladan, Vladimir Putin va Donald Trampning ikkinchi uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qilishdi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlarining telefon orqali muloqotidan so‘ng AQSh ommaviy axborot vositalari Rossiya va AQSh yetakchilari Vladimir Putin va Donald Trampning Budapeshtdagi sammitiga tayyorgarlik to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Shu kuni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov muzokaralar yakunida tomonlar aloqalarni davom ettirishga kelishib olganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
19:08
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik mahkum terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblandi
16:35
Mayamidagi muzokaralarga ham Ukraina, ham Rossiya delegatsiyalari keladi
16:20
Seversk qulash yoqasida: bu Slovyansk va Kramatorskka qanday xavf tug‘diradi?
15:51