Jahon | 23:14 / 23.10.2025
3751
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan askarlar jasadlarini almashdi

So‘nggi marta bunday almashuv 18 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan, Ukrainaga 1000 nafar va Rossiyaga 24 nafar askar jasadi topshirilgandi.

Foto: RT / TASS

Ukraina Rossiyadan 1000 nafar halok bo‘lgan ukrainalik askarning jasadini qabul qilib oldi, deb xabar berdi Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabi.

Qo‘shimcha qilinishicha, yaqin vaqt ichida ularning shaxsini aniqlash ishlari boshlanadi.

Rossiya harbiy operatsiya masalalari bo‘yicha parlament muvofiqlashtiruvchi guruhi vakili, deputat Shamsail Saraliyevning ma’lum qilishicha, Ukraina Rossiyaga 31 nafar rus askarining jasadini topshirgan.

«31ga 1000 shaklida almashuv bo‘lib o‘tdi. Rossiyaga 31 nafar halok bo‘lganlarning jasadlari qaytarildi», — dedi u.

Moskva va Kiyev davriy ravishda jasadlar almashib kelmoqda. So‘nggi marta bunday almashuv 18 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan, Ukrainaga 1000 nafar va Rossiyaga 24 nafar askar jasadi topshirilgandi.

2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Rossiya va Ukraina og‘ir yaralangan askarlar va 25 yoshgacha bo‘lgan asirlarni almashish, shuningdek, urushda halok bo‘lgan 6 ming harbiy xizmatchining jasadini bir-biriga topshirishga kelishib olgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid