Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rubio: yangi sanksiyalarga qaramay, AQSh RF bilan muloqotga tayyor
Vashington Rossiyaning yirik neft kompaniyalariga nisbatan keng ko‘lamli cheklovlar kiritganini e’lon qildi, ammo Davlat departamenti rahbari Marko Rubio aytishicha, AQSh baribir muzokaralarga ochiq.
Foto: Ross D. Franklin/AP Photo/picture alliance
AQSh yangi sanksiyalarga qaramasdan Rossiya bilan muloqotni davom ettirmoqchi. «Biz Rossiya vakillari bilan bundan keyin ham uchrashishni istaymiz», — dedi davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlarga Yevropa vaqti bilan payshanba, 23 oktyabr kechasi. «Agar tinchlikka erishish imkoni tug‘ilsa, biz har doim muloqotdan manfaatdormiz», — deya u ta’kidladi.
Bundan oldin AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalari — «Rosneft» va «Lukoyl»ga nisbatan sanksiyalar joriy etganini xabar qilgan. Vazirlik rahbari Skott Bessent bu qadamni RF prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi urushiga chek qo‘yishdan bosh tortgani bilan izohladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Bessent bayonotini izohlar ekan, Rossiyaga nisbatan «keng ko‘lamli» sanksiyalar qisqa muddatli bo‘lishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, u Ukrainadagi urushni to‘xtatish masalasida Rossiya prezidenti bilan muzokaralari «hech qayerga olib bormasligi»ni ta’kidlab, Budapeshtdagi Putin bilan rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qildi.
Ukrainaning AQShdagi elchixonasi rahbari Olga Stefanishina Vashington ma’muriyatining Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirish qarorini qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, bu qaror Ukraina pozitsiyasiga to‘liq mos: «tinchlik faqat kuch orqali va tajovuzkorga nisbatan mavjud xalqaro instrumentlarning barchasini ishga solib maksimal bosim o‘tkazish bilan» qo‘lga kiritilishi mumkin.
AQShning rus neft kompaniyalariga qarshi sanksiyalariga bozor keskin o‘sish bilan javob qaytardi — payshanba kungi savdolarda neft narxlari 3,5 foizdan ortiq ko‘tarilmoqda. Londonning ICE Futures birjasida dekabr fyucherslari bo‘yicha Brent markali neftning har bir barreli soat 10:20 holatiga ko‘ra 64,79 dollarni tashkil etmoqda — bu avvalgi savdolar yopilishiga nisbatan 3,51 foizga yuqori. Brent 10 oktyabrdan beri ilk bor barrel uchun 64 dollardan yuqori narxda savdolanmoqda. NYMEX (Nyu-York tovar birjasi) elektronik savdolarida dekabr oyiga mo‘ljallangan WTI neft fyucherslari shu vaqtga kelib 3,56 foizga qimmatlashib, barrel uchun 60,58 dollarga yetdi.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
15:46 / 04.12.2025
Rossiyada Roblox o‘yin platformasi bloklandi
14:59 / 04.12.2025
Ryutte: Ukraina hamkorlari Rossiyaga bosimni davom ettirishi kerak
13:47 / 04.12.2025