Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RFning Ukrainaga yangi zarbalari: to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi
Rossiya armiyasi shanba, 25 oktyabrga o‘tar kechasi Ukrainaga ommaviy aviazarbalar berdi. Dnipropetrovsk viloyatida dron va raketalar qo‘llangan hujumlar oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi yaralandi, deb xabar berdi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Vladislav Gayvanenko Telegram’da.
«Yong‘inlar kelib chiqdi. Ko‘p qavatli va xususiy uylar, yordamchi xo‘jalik imorati, do‘kon va avtomobil shikastlandi», — deb yozdi u.
Kiyevga tungi zarbalar natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi yaralandi, deb ma’lum qildi Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko Telegram’da.
Bundan avval Kiyev meri Vitaliy Klichko kamida sakkiz nafar jabrlanuvchi haqida xabar bergan, ulardan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina poytaxtiga ballistik raketalar uchirilgan. Shaharda portlashlar bo‘lgan, bir nechta bino yongan.
Poytaxtning Darnitskiy, Desnyanskiy va Dniprovskiy tumanlarida vayronagarchiliklar qayd etildi. Bir nechta joyda kuchli yong‘inlar kuzatildi, jumladan, noturar joylarda. Dniprovskiy tumanidagi bolalar bog‘chasi zarar ko‘rdi, oynalar sindi, avtomobillar shikastlandi. Darnitskiy tumanida ombor yonmoqda, yong‘inni o‘chirishga vertolyot jalb etildi.
Umuman olganda, Ukraina Havo kuchlari xabar berishicha, Rossiya 25 oktyabrga o‘tar kechasi Ukrainaga to‘qqizta ballistik raketa va 62 ta hujumkor dron uchirgan, shulardan to‘rtta raketa va 50 ta uchuvchisiz apparat urib tushirilgan.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35 / 22.06.2026